Italiyalik yangi amaliyotchining tashrifi

Bugun Italiyaning Ca Foscari universiteti (Venetsiya) bitiruvchisi Veronica Turrinining Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasiga tashrifi bo'lib o'tdi.



Veronica Turrini bilan suxbatda O'zbekiston ta'lim tizimi, yurtimizning diqqatga sazovor joylari, universitetimizdagi ta'lim jarayonlari va boshqa mavzular ko'tarildi. O'z navbatida amaliyotchi talaba o'zi haqida ma'lumot berdi, o'z qiziqishlari haqida gapirib berdi. Veronica Turrini ingliz tili, ispan, fors tillarida bemalol fikrini ifodalay oladi, o'zbek tiliga qiziqadi.

Veronica Turrini o'z amaliyotini yakuniy imtihonlardan so'ng boshlaydi, biroq u yakuniy nazorat imtihonlarida ishtirok etish istagi borligini aytib o'tdi.