Italiyalik yangi amaliyotchining tashrifi
Bugun Italiyaning Ca Foscari universitetida (Venetsiya) ta'lim oluvchi talaba Giorgio Pesce'ning Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasiga tashrifi bo'lib o'tdi.
Giorgio Pesce bilan suxbatda O'zbekiston ta'lim tizimi, yurtimizning diqqatga sazovor joylari, universitetimizdagi ta'lim jarayonlari va boshqa mavzular ko'tarildi. O'z navbatida amaliyotchi talaba o'zi haqida ma'lumot berdi, o'z qiziqishlari haqida gapirib berdi. Giorgio Pesce ingliz tili, rus tillarida bemalol fikrini ifodalay oladi, fors-tojik tiliga qiziqadi.
Giorgio Pesce o'z amaliyotini fevral oyidan boshlaydi, biroq u yakuniy nazorat imtihonlarida ishtirok etish istagi borligini aytib o'tdi.