Italiyalik yangi amaliyotchining tashrifi

Bugun Italiyaning IULM universiteti (Milan) bitiruvchisi Giulia Panfiloning Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasiga tashrifi bo'lib o'tdi.

Giulia Panfilo bilan suxbatda O'zbekiston ta'lim tizimi, yurtimizning diqqatga sazovor joylari, universitetimizdagi ta'lim jarayonlari va boshqa mavzular ko'tarildi. O'z navbatida amaliyotchi talaba o'zi haqida ma'lumot berdi, o'z qiziqishlari haqida gapirib berdi. Giulia Panfilo ingliz va rus tillarida bemalol fikrini ifodalay oladi, Italiyada ko'p marotaba tarjimonlik faoliyati bilan shug'ullangan, O'zbekiston delegatsiyasiga tarjimonlik qilgan.