UNIVERSITETIMIZDA NAVRO'Z BAYRAMI NISHONLANDI

17-mart sanasida O'zbekiston jahon tillari universitetida Navro'z bayramiga bag'ishlangan bayram tantanalari bo'lib o'tdi. Univesitet hududida maxsus pavilion tashkil qilinib, unda talabalar bayramona noz-ne'matlar bilan dasturxon bezatishdi.

Tarjimonlik fakulteti talabalari ham bu bayramga jiddiy tayyoprgarlik ko'rishgani yaqqol ko'zga tashlandi, ayniqsa, italyan tili yo'nalishida tahsil oluvchi talabalar o'zlari tayyorlagan bir-biridan ajib taomlari bilan universitet hamda fakultet rahbariyati tahsiniga sazovor bo'lishdi. Bayram ko'tarinki ruhda o'tdi.

Bayram tantanasida "Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda italiyalik amaliyotchi talabalar ishtirok etishdi. Bayram so'ngi sho'x kuy-qo'shiqlarga ulanib ketdi.