Ca Foskari universiteti professori Elisabetta RAGAGNINning tashrifi

Bugun Venetsiyaning Ca Foscari universiteti Umanity Studies fakulteti professori Elisabetta Raganin Tarjimonlik fakulteti Italyan tili va adabiyoti tarjimashunosligi kafedrasiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda kafedraning barcha o’qituvchilari va Ca Foscari universitetidan kelib amaliyot o’tayotgan Jorjo Peshe va Veronica Turrinilar ishtirok etishdi.

Suhbat chog’ida mehmon Alisher Navoi nomidagi o’zbek tili va adabiyoti iniversiteti bilan hamkorlik borasida gapirdi. Shuningdek mehmon bilan Ca Foscari universiteti va Jahon tillari universiteti o’rtasida o’rnatilgan hamkorlik doirasida talabalar va o’qituvchilar almashinuvi hamda tarjima sohasida loyihalarni amalga oshirish borasida fikrlar almashinildi.