Tabiatni asrash mavzusida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari taqdirlandi
16-fevral kuni Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan "Tabiat va biz" mavzusida videoroliklar va ko'rgazmali materiallar tanlovi o'tkazildi.
Tanlovda italyan tili yo'nalishida tahsil oluvchi barcha talaba-yoshlar faol ishtirok etish orqali ular tomonidan ona-tabiatni asrash g'oyasini ilgari suruvchi materiallarni taqdim etildi.
7-mart kuni tanlov g'oliblari "eng yaxshi video", "eng yaxshi ko'rgazmali material" nominatsiyalari bo'yicha kafedrada tantanali ravishda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar. TITA-2315 eng yaxshi video yo'nalishi bo'yicha yuqori baholandi. Quyida talabalar ishlari bilan tanishishingiz mumkin.