Odilxo'jayeva Muhayyo Erasmus loyihasi doirasida Italiyada o'qishni boshladi

2023-yil noyabrda Erasmus bo'yicha tashkil qilingan tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritgan italyan tili yo'nalishining 2-bosqich talabasi Odilxo'jayeva Muhayyo 31-yanvar kuni Italiyaning Milan shahriga yetib bordi hamda kechadan boshlab o'qishni boshlab oldi. Talabamiz bir semestr davomida Milanda joylashgan IULM universitetida ta'lim oladi. Ushbu muddat davomida u italyan tilini hamda tarjimashunoslik sohasini mukammal o'rganadi. Odilxo'jayeva Muhayyo bu natijaga o'zining tirishqoqligi, intiluvchanligi va olgan bilimlarini amaliyotda namoyish eta olganligi tufayli erishdi. Muhayyoga kelgusi ishlarida va o'qishida omadlar tilaymiz hamda undan yanada yuksak natijalarni kutib qolamiz!

Erasmus loyihasi g'olib talabalarga grant ajratilishini va safar hamda yashash xarajatlari qoplanishini nazarda tutadi. Kafedramiz tomonidan uyushtiriladigan tanlovda g'olib bo'lgan talabalar Italiyaning hamkor universitetlarida bir semestr davomida ta'lim olish huquqini qo'lga kiritishadi.