Shveysariyaning Fribourg universiteti bilan hamkorlik uchrashuvi

11-mart kuni Italyan tili kafedrasi tashabbusi bilan Shvetsariyaning Friburg universiteti va USWLU Tarjimonlik fakulteti o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Fakultet dekani U.Yo'ldoshev, Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri B.Ergashova, Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi mudiri L.Xoliyarovlar ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida O'zDJTU va Friburg o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish va yozgi o'quv kurslarini tashkillashtirish masalalari ko'rib chiqildi. Shvetsariya tomondan Veronika Favre va Uberto Mottalar qatnashdi.