Talaba qizlarimiz Sienada

Italyan tili yo'nalishimizning 4-bosqich talabasi Amanova Zebiniso hamda 3-bosqich talabasi Xonxo'jayeva Sevinch Erasmus dasturi doirasida Italiyaning Siena shahrida joylashgan Siena Xorijliklar uchun Universitetida 5 oy davomida ta'lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu vaqt mobaynida ular tarjimonlik yo‘nalishidagi bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatidan foydalanishadi.

Siena Xorijliklar uchun Universiteti dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan kelgan talabalarga ilm-fan va tilshunoslik bo‘yicha yuqori sifatli ta'lim beruvchi yetakchi muassasalardan biri hisoblanadi. Bizning talabalarimiz bu muhitda xalqaro tajriba orttirib, tarjimonlik sohasida zamonaviy yondashuvlarni o‘zlashtiradilar.

Erasmus dasturi doirasida talabalarning xorijdagi ta'lim olishlari nafaqat ilmiy bilimlarini kengaytiradi, balki ularga madaniyatlararo muloqot va ko‘nikmalarni ham rivojlantirishda yordam beradi. Talabalarimiz bu dasturni muvaffaqiyatli yakunlab, kelgusida universitetimiz va butun mamlakatimizga foydali bo‘lishlariga ishonamiz.

Bu kabi dasturlar orqali bizning talabalarimiz xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshlikni oshirib, kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlariga ishonch bildiramiz.