SamDCHTIdan Andrea Galloning tashrifi

Bugun Italiyaning Siena xorijliklar uchun universiteti professori va ayni damda Samarqand davlat chet tillari institutida faoliyat yuritayotgan italyan tili o'qituvchisi Andrea Gallo O'zDJTU Tarjimonlik fakulteti "Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda kafedra o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Mehmon suxbat davomida o'z mehnat faoliyati haqida gapirib berdi hamda SamDCHTIdagi faoliyati borasida so'zlab berdi. Uchrashuv davomida kafedra mudirasi amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida mehmonga tushuntirishlar berdi. Andrea Gallo kafedramiz amalga oshirmoqchi bo'layotgan loyihalarga qo'ldan kelguncha yordam berishligi haqida aytib o'tdi.

Suxbat qiziqarli va munozaraga boy bo'ldi. Uchrashuv so'nggida Andrea Gallo kafedra faoliyatiga muvaffaqiyat tilab qoldi.