Navro'z bayrami keng nishonlandi

Yurtimizda bayramlar ko'p, biroq ular ichida tanho - bu Navro'z bayramidir. Navro'z - sharqona yangi yil. Navro'z - yasharish va yangilanish bayrami. Har yili yurtimizda ushbu bayram keng miqyosda nishonlanadi. Shu qatorda bizning universitetda ham bu yil Navro'z o'ziga xos shukuh bilan nishonlandi.

Bayram tadbiri ochiq osmon ostida talabalar tomonidan hududlarga xos taomlar bilan tuzalgan dasturxon atrofida bo'loib o'tdi. Italyan yo'nalishi kafedrasi va talabalari bu bayramga o'zgacha yondoshdilar. Samarqand viloyatiga xos bo'lgan turfa taomlar tayyorlanib dasturxonga qo'yildi. Ramazon oyi bo'lishiga qaramasdan bu yilgi Navro'z bayrami o'ziga xos ruhda kutib olindi.

Bayram tadbiri sho'x kuy-qo'shiqlarga ulanib ketdi.