IULMga o'qituvchimizning safari

Kafedramiz professori-o'qituvchisi Mustafayev Shaxboz 17-mart kuni Erasmus loyihasi doirasida malakasini oshirish maqsadida Italiyaning Milan shahriga jo‘nab ketdi. U bir hafta davomida Milan IULM universitetida o‘tkaziladigan darslarda qatnashadi va dars davomida qo‘llaniladigan ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganadi.

Darslardan bo'sh vaqtlarida Milan va boshqa Italiya shaharlariga tashrif buyurish rejalashtirilgan. Ushbu xorij safari ikki universitetning qo‘shma loyihalari boshlanishi bo‘lib, yana ko‘plab sayohatlar rejalashtirilgan.