Italyan dizayni kuni

2024-yilning 15-mart kuni Toshkentda Italiyaning O'zbekistondagi elchixonasi Italyan dizayni kuni munosabati bilan katta ko'rgazma uyushtirdi. Tadbirga ko'plab mehmonlar ishtirok etishdi. Ular qatorida kafedramiz mudirasi Ergashova Baxora ham bor edi.

Ko'rgazmada Italiyaning mashxur dizaynerlari tomonidan tayyorlangan san'at asarlari qo'yilgan edi. Elchixona tomonidan doimiy tartibda uyushtiriladigan ushbu tadbir ko'tarinki ruhda o'tdi.