"ITALYAN KINOSI KUNI" NOMLI TADBIR BO'LIB O'TDI

Kecha Tarjimonlik fakultetida "Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi tomonidan tashkillashtirilgan o'ziga xos "Italyan kinosi kuni" musobaqa tadbir bo'lib o'tdi. Bu tadbirda italyan yo'nalishining 1, 2 hamda 3-bosqich talabalari o'zlarining ishlari bilan ishtirok etishdi.

Tadbir yuqori kayfiyatda va ikki bosqichda o'tkazildi. Birinchi bosqichda qatnashayotgan har bir guruhning o'zi suratga olgan qisqa metrajli filmi namoyish etildi, ikkinchi bosqichda esa har bir guruhdan bir kishi italyan tilida yod olgan monologni ifodali tarzda aytib berdi. Chiqishlar orasida kafedrada amaliyot o'tayotgan italiyalik talaba Giorgio Pesce hamda TITA-2217 guruh talabalari tomonidan kuylangan qo'shiq tadbir mehmonlari kayfiyatiga yuqori kayfiyat qo'shdi.

Tadbir so'ngida hakamlar hay'ati ishtirok etgan guruhlarni baholashdi. Shunday qilib musobaqada 1-o'rinni 3-bosqich TITA-2026 guruhi, 2-o'rinni 1-bosqich TITA-2217 guruhi, 3-o'rinni 1-bosqich TITA-2216 guruhi qo'lga kiritdi. G'oliblar mos ravishda 1 million, 700 ming va 500 ming miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Talabalar tomonidan ishalgan videolarni hamda tadbirda olingan boshqa videolavhalarni tomosha qilish uchun ushbu linkka o'ting.