Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif hamda oliygohimizda amaliyot o'tash istagida bo'lgan talabalar bilan onlayn uchrashuv

23.02.2023 yil sanasida O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti italyan tili yo’nalishi professor-o’qituvchilari va kafedrada amaliyot o’tayotgan Italiyaning Ca Foscari universiteti talabalari Veronika Turrini va Giorgio Pescelar JIDUga tashrif buyurishdi. Tashrif chog’ida Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Roman german tillari kafedrasi italyan tili bo’limi talabalari va Jahon tillari universiteti italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida amaliyot o’tayotgan Italiyaning Ca Foscari universiteti talabalari Veronika Turrini va Giorgio Pescelar ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

O’zDJTU Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri B.Ergashova kafedra faoliyati haqida umumiy ma’lumotlar taqdimotini o’tkazdi. Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi J.Xudayberdiyev kafedraning xalqaro hamkorliklari haqida ma’lumot berib, amaliyotchi talabalar Veronica Turrini hamda Giorgio Pescelarni tanishtirdi. Talabalar bilan italyan tili hamda Italiyada tahsil olish bo’yicha savol-javoblar o’tkazildi.

Bugun, 25-fevral kuni kafedra professor-o'qituvchilari Italiyadagi hamkor Milan til va kommunikatsiya universitetining 2 nafar talabasi - Giulia Panfilo va Jacopo Grandolfo bilan universitetimizda amaliyot o'tash bo'yicha onlayn formatida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda italiyalik talabalarga joriy yil aprel oyidan universitetimizda amaliyot olib borish imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi. Suxbat chog'ida italiyalik talabalar aprel oyidan universitetimizda amaliyot o'tashga roziligini bildirib o'tishdi.