UNISTRASI vakillari bilan onlayn uchrashuv
Bugun kafedra a'zolari hamda Siena xorijliklar uchun universiteti mas'ul xodimlari o'rtasida onlayn muloqot bo'lib o'tdi. Muloqotning asosiy mavzusi Erasmus loyihasi bo'yicha bo'ldi. Qizg'in bo'lib o'tgan onlayn uchrashuvda ikki tomon Erasmus bo'yicha talaba va o'qituvchi almashinish borasida o'z takliflarini berib o'tishdi.
Onlayn uchrashuvning davomida oliygolar orasida talaba almashinish 2024/2025 o'quv yilidan amalga oshirilishi kelishilib olindi. Talabalar o'rtasida tanlov esa aprel oyida o'tkazilishi belgilandi. Bundan tashqari kelajakda oliygohlar o'rtasida talaba mobility'ni yo'lga qo'yish lozimligi belgilandi. Quyida onlayn uchrashuvdan parcha keltiriladi.