"Italia geniale" ko'rgazmasi

Bugun Suratkashlar uyida Italiya elchixonasi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan tashkillashtirilgan "Italia geniale" ko'rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ko'rgazmani O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan rassom Akmal Nur va Italiyaning O'zbekistondagi elchisi Agostino Pinna ochib berishdi. Ko'rgazmada kafedramizning a'zolari hamda italyan tili yo'nalishi talabalari qatnashishdi.

Ko'rgazmada Italiyaning muzeylarida saqlanadigan ashyolar namoyish etildi. Ular orasida italyan mokalari, turli dizaynerlik mahsulotlari, Vespa skuterlari va boshqa buyumlar alohida diqqatga sazovordir.

Ko'rgazma yanvar oyiga qadar davom etadi. Qiziquvchilarni ko'rgazmaga taklif etamiz.