Yangi talaba-amaliyotchi Alice Bertoluccining tashrifi

Bugun Italiyaning IULM universiteti (Milan) bitiruvchisi Alice Bertoluccining Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasiga tashrifi bo'lib o'tdi.

Alice Bertolucci bilan O'zbekiston ta'lim tizimi, yurtimizning diqqatga sazovor joylari, universitetimizdagi ta'lim jarayonlari va boshqa mavzular bo'yicha suxbatlashildi. O'z navbatida amaliyotchi o'zi haqida ma'lumot berdi, o'z qiziqishlari haqida gapirib berdi. Alice Bertolucci ingliz tili, rus tillarida bemalol fikrini ifodalay oladi, o'zbek tiliga qiziqadi.

Alice Bertolucci o'z amaliyotini dushanba kunidan boshlaydi.