Italyan tili haftaligi kuni

Jahonda italyan tilining XXIII haftaligi. Italiyan tili kafedrasi talabalari barqarorlikka va shu munosabat bilan Italo Kalvinoning tug'ulgan kuniga bag'ishlangan madaniyatlararo loyiha yaratdilar. Tadbir “Human House” galereyasida xalqaro hamjamiyat, Jahon tillari universiteti rasmiylari va professorlari, Turin politexnika o‘qituvchilari hamda mahalliy rassomlar, jumladan, taniqli rejissyor Feliks Krivosheev ishtirokida bo‘lib o‘tdi. U talabalarning aktyorlik faoliyatini yuqori baholadi. Faxriy mehmon Milan IULM universiteti prorektori bo‘lib, talabalarning lingvistik qobiliyatlari va loyihaning o‘ziga xosligini yuqori baholadi.


Tadbirdan videolar: