Erasmus grantlarimiz soni ko'paymoqda
Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasining tashkil topganligiga 1 yildan ko'p bo'ldi. Shu davr mobaynida o'qituvchilarning sa'y-harakati tufayli ko'plab yutuqlarga erishildi. Jumladan, ko'plab italyan universitetlari bilan xalqaro hamkorlik yo'lga qo'yildi. Talaba almashinuvi bo'yicha izchil ishlar amalga oshirildi.
Yanvar oyida bizning italyan universitetlari bilan birgalikda tayyorlagan loyihalarimiz Erasmus K171 dasturi bo'yicha YeIning tegishli tashkilotiga ko'rib chiqish uchun topshirildi. Sentabr oyida Ca Foscari va IULM universitetidan loyihalarimiz g'olib bo'lganligi haqida xabarlar keldi. Quvonarli tarafi shundan iboratki, yaqinda Siena xorijliklar uchun universiteti (UNISTRASI)dan ham Erasmus grantini qo'lga kiritganimiz haqida yangilik yetib keldi. Unga ko'ra 2025-yilning iyul oyiga qadar 3 nafar talaba Erasmus bo'yicha Italiyaga borish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin.