Hamkorimiz IULM universitetining xalqaro ishlar bo'limi rahbarining tashrifi

Bugun, 16-oktabr sanasida, Italiyaning Milan IULM universiteti xalqaro ishlar bo’yicha prorektori Alberto Parravicini O’zDJTU Tarjimonlik fakultetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Alberto Parravicini va Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yo’ldoshev, Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi B. Ergashova o’zaro hamkorlikni kengaytirish borasida fikrlar almashishdi. A. Parravicini italyan tili yo’nalishida tahsil oluvchi talabalar bilan ochiq muloqot o’tkazdi.

Ma’lumot o’rnida, 2023-yilda O’zDJTU va Milan IULM universitetlari Erasmus K171 loyihasini qo’lga kiritishdi. Oktabr oyi boshida loyiha bo'yicha talabalar o'rtasida tanlov e'lon qilindi. Talabgorlar turli xil mezonlar asosida bahsga kirishishdi. Yakunda to'plangan ballar bo'yicha TITA-2217 guruh talabasi Odilxo'jayeva Muhayyo g'olib deb topildi va Italiyada tahsil olib kelish huquqini qo'lga kiritdi.