Italyan tili o'qituvchilari uchun malaka oshirish kursi
Joriy yilning 5-9-iyun kunlari O'zDJTU Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi hamda Italiyaning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan O'zbekistonda faoliyat yurituvchi barcha italyan tili o'qituvchilari uchun metodik seminar tashkillashtirildi. Ushbu seminarni kafedra o'qituvchisi Marco Paoli Leglerning taklifiga binoan Italiyaning Sapienza Universiteti lektori, tillarni o'qitish metodikasi bo'yicha bosh mutaxassis Carlo Guastalla olib bordi.
Malaka oshirish kursida Samarqand davlat chet tillari instituti, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Al Beruniy International School maktabi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining italyan tili o'qituvchilari ishtirok etishdi.
Jami 30 soatdan iborat bo'lgan "Italyan tili guruhlarida o'qitish metodikasi" kursi yakunida ishtirokchilar maxsus sertifikatlar hamda kitoblar bilan taqdirlanishdi.