Universitetimizga sloveniyalik o'qituvchilar tashrifi

2024-yil 25-29 mart kunlari sloveniyalik italyan tili oʻqituvchilari Jana Kenda va Kaja Katarina kafedramizda mehmon boʻlishdi. Bu davrda ular talabalar va oʻqituvchilar uchun fonetika, fonologiya, italyan tili grammatikasi boʻyicha seminar-trening kurslarini oʻtkazdilar. Yangi innovatsion metodikalar asosida olib borilayotgan darslar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Joriy yilning 28-mart kuni Tarjima fakulteti italyan tilini tarjima qilish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan “Yuqori impakt faktorli Yevropa jurnallarida maqolalar chop etish elementlari” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi. Seminarda Sloveniyaning Lyublyana universiteti dotsentlari Jana Kenda va Kaja Breselj o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Seminarda Tarjima fakulteti professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Sloveniyalik oʻqituvchilar kafedramiz bilan doimiy aloqada boʻlish istagi va universitetlararo shartnoma imzolash zarurligini bildirishdi.