Mirzahmatov Sardor Erasmus loyihasi doirasida Italiyada o'qishni boshladi

2024-yil noyabrda Erasmus bo'yicha tashkil qilingan tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritgan italyan tili yo'nalishining 4-bosqich talabasi Mirzahmatov Sardor 19-sentabr kuni Italiyaning Milan shahriga yetib bordi. Talabamiz bir semestr davomida Milanda joylashgan IULM universitetida ta'lim oladi. Ushbu muddat davomida u italyan tilini hamda tarjimashunoslik sohasini mukammal o'rganadi. Mirzahmatov Sardor bu natijaga o'zining tirishqoqligi, intiluvchanligi va olgan bilimlarini amaliyotda namoyish eta olganligi tufayli erishdi. Sardorga kelgusi ishlarida va o'qishida omadlar tilaymiz hamda undan yanada yuksak natijalarni kutib qolamiz!

Erasmus loyihasi g'olib talabalarga grant ajratilishini va safar hamda yashash xarajatlari qoplanishini nazarda tutadi. Kafedramiz tomonidan uyushtiriladigan tanlovda g'olib bo'lgan talabalar Italiyaning hamkor universitetlarida bir semestr davomida ta'lim olish huquqini qo'lga kiritishadi.