Italyan tili kafedrasining yangi yil bayram tadbiri
Bugun tantanali ravishda Italyan tili kafedrasining navbatdagi yangi yil bayrami nishonlandi. Bayramda italyan tili yo'nalishining barcha bosqich talabalari ishtirok etishdi. 2022-yildan buyon nishonlanayotgan bu bayram talabalarni birlashtirishga, ularning iqtiidorlarini aniqlashga yordam berib kelmoqda.
Bayram tadbirini fakultet dekani ochib berdi. Bayramda kafedra a'zolari, italiyalik talaba amaliyotchilar va fakultet rahbariyati ishtirok etishdi.
Tadbir davomida talabalar o'zlari tayyorlagan chiqishlari bilan barchani lol qoldirishdi. Bayram so'ngida barcha talabalar tomonidan tayyorlangan shved stoliga taklif etildi.
Bayram tadbiridan lavhalar: