Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi
O‘zDJTUda “Italiya tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning dolzarb masalalari va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi
17-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Italiya tili kafedrasi tomonidan “Italiya tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning dolzarb masalalari va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Anjumanni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Ochiq so‘zda rektor til o‘qitish metodikasini takomillashtirish, xalqaro tajriba almashuvi va zamonaviy ta’lim standartlarini joriy etish masalalariga e’tibor qaratdi.
Tadbirda Italiya Respublikasi vakili Andrea De Felip, O‘zDJTU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Otabek Yusupov, Tarjimonlik fakulteti dekani Ulug‘bek Yo‘ldoshev, Siena xorijliklar uchun universitetining xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori Carla Bagna, Italiya universitetlarining yetakchi olimlari Giuseppe Maugeri, Graziano Serragiotto, shuningdek, Muborak Madrahimova, Umed Maksudov va Muhammadali Xakimov kabi mahalliy mutaxassislar ishtirok etdilar. Anjuman doirasida Italiya tilini o‘qitishning yangi metodologiyalari, amaliy darslar uchun materiallar, til kurslarini tashkil etish va o‘qituvchilar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, qo‘shma loyihalar va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr bildirdilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga minnatdorlik bildirilib, kelgusida hamkorlikni rivojlantirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish va qo‘shma ilmiy-amaliy dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar muhokama qilindi.
Konfrensiya materiallari joylangan sahifaga o'tish uchun SHU YERGA BOSING.