Italiya bilan hamkorlikning yangi bosqichi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Italian tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi hamda Italiyaning nufuzli Università degli Studi dell’Insubria universiteti o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida xalqaro hamkorlikning yangi ufqlarini ochib berdi.

Shartnomaga muvofiq, 2023/2024 o‘quv yilining bahorgi semestrida Università degli Studi dell’Insubria universitetiga o‘n nafar iqtidorli talaba-qizlarimiz yuboriladi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi – talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratish, xalqaro tajriba almashinuvi jarayonlarini chuqurlashtirish va ularning professional ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdir.

G'oliblar quyidagilar:

Talaba Guruh
Gulmira Vasliddinova Magistrant Foto
Muhayyo Odilxo'jayeva 2217 Foto
Muxlisa Azzamkulova 2217 Foto
Go'zaloy Nazarqulova 2216 Foto
Marjona Yo'ldosheva 2318 Foto
Sevinch Mamurjonova 2317 Foto
Zuhra Maxamadyaminova 2316 Foto
Sevinch Erkinova 2316 Foto
Sevinch Reymbayeva 2315 Foto
Anastasiya Kim 2315 Foto

Mazkur tashabbus mamlakatimizda xorijiy tillarni chuqur o‘rgatishga, xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosatining uzviy davomidir. Ishonchimiz komilki, bu kabi loyihalar nafaqat yosh avlodga keng imkoniyatlar eshigini ochadi, balki O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.